Onlayn va oflayn bizneslar uchun

Mahsulot yoki xizmatingizni blogerlar orqali taniting

Mahsulot yoki xizmatingizni bloger auditoriyasiga tanitasiz. Instagram sahifangiz, onlayn do'koningiz yoki oflayn savdo nuqtangizga yangi mijozlar keladi — hamkorlik barter yoki kelishilgan haq asosida bo'ladi.

Har bosqich isbot bilan Tekshirilgan blogerlar Bepul tarif bilan sinash

Seller nima yutadi?

Yangi mijozlar oqimi

Bloger sizning mahsulot, xizmat, sahifa yoki savdo nuqtangizni o'z auditoriyasiga tavsiya qiladi. Reklama onlayn ham, oflayn ham ishlaydi.

Ishonchli tavsiya

Bloger mahsulot yoki xizmatni sinab, o'z tajribasini tabiiy kontent orqali ulashadi. Auditoriya brendingizni haqiqiy tavsiya orqali taniydi.

Tayyor kontent

Stories, post yoki reels — blogerning o'z uslubida. Havolasini olasiz, o'z sahifangizda ham ishlatishingiz mumkin.

Byudjet nazoratda

Tarif sizga qamrov byudjeti beradi. Bloger arizasini qabul qilganingizda uning qamrovi shu byudjetdan yechiladi — ortiqcha sarf yo'q.

BarterTop.uz raqamlarda

5 267 576_ Reklama qamrovi
62_ Tasdiqlangan bloger
10_ Yakunlangan bitim
26_ Ro'yxatdan o'tgan seller

Siz uchun jarayon

01

Tarif oling

Bepul tarif bilan sinab ko'ring yoki qamrov byudjetiga qarab to'lovli tarifni tanlang.

02

E'lon joylang

Mahsulot, shart va bloger talablarini yozasiz. Admin tekshirgach e'lon katalogga chiqadi.

03

Blogerni tanlang

Kelgan arizalardan mosini qabul qilasiz yoki katalogdan blogerga o'zingiz taklif yuborasiz.

04

Natijani oling

Har bosqich screenshot bilan tasdiqlanadi. Oxirida kontent havolasi va otziv sizda bo'ladi.

Tariflar

Har bir tarif reklama qamrovi byudjetini beradi. Byudjet tugaguncha bitim qilaverasiz.

Super 20

Bepul / 20 kun
  • Cheksiz qamrov byudjeti
  • 15 ta aktiv e'lon

Cosmo 30

67 990 so'm / 30 kun
  • Cheksiz qamrov byudjeti
  • 50 ta aktiv e'lon

Pro Seller 45

79 990 so'm / 45 kun
  • Cheksiz qamrov byudjeti
  • Cheksiz aktiv e'lon
Barcha tariflar

Sellerlar ko'p so'raydi

Mahsulotni blogerga qanday yetkazaman?

Ikki yo'l bor: tovarni bloger aytgan manzilga yuborasiz, yoki mahsulot pulini uning kartasiga o'tkazasiz va u marketpleysdan o'zi xarid qiladi. Ikkinchisi marketpleys reytingi uchun foydaliroq.

Bloger tovarni olib, kontent qilmasa-chi?

Har bosqich screenshot bilan tasdiqlanadi va bitim bo'ylab checklist yuritiladi. Bloger to'xtab qolsa, bitim chatida nizo ochasiz — admin aralashadi.

Blogerlar tekshirilganmi?

Ha. Har bir bloger statistika screenshoti bilan ro'yxatdan o'tadi va admin tasdiqlagachgina e'lonlarga ariza qoldira oladi.

Qo'shimcha pul to'lashim kerakmi?

Shart emas. Asosiy model — barter. Ba'zi blogerlar qo'shimcha to'lov so'raydi, buni bitim ichida alohida kelishasiz — majburiy emas.

Birinchi e'loningiz bugun